Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit bo‘yicha qayta referendum o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Britaniyalik deputatlar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish taklifini rad etdilar. Bunday taklifni Liberal demokratlar bildirayotgan edi.
Taklifga 340 deputat qarshi chiqdi, 33 deputat uni ma'qulladi.
Bundan tashqari, boshqa takliflar ham rad etildi. Muxolif Leyboristlar partiyasi bosh vazir Tereza Meyning mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan keyin uning xalqaro biznes uchun jozibadorligini oshirish maqsadida ofshor tartibni joriy qilish bo‘yicha rejalarining oldini olishni taklif qilgandi. Bu taklif 336 nafar deputat tomonidan rad etildi, 299 nafar deputat esa unga ovoz berdi.
Shuningdek, leyboristlarning qolgan takliflari, jumladan Yevropa Ittifoqidan chiqishdan avval Gibraltar aholisining fikrini bilish yoki hukumatga Brexit’ning milliy sog‘liqni saqlash tizimiga ta'siri haqida hisobotni tayyorlash majburiyatini qo‘yish kabilar ham qo‘llab-quvvatlanmadi.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026