Sport | 22:39 / 09.02.2017
24384
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ronaldu o‘g‘lini maktabdan olish uchun shunday qiyofada bordi

8 fevral kuni kichik Krishtianu o‘qiydigan maktabda niqoblar bayrami bo‘lib o‘tdi. Uning otasi esa maktabga noma'lum qahramon niqobini taqib, yopinchiq kiygan holda keldi.

Muxbirlar Ronalduni qo‘riqchilari tufayli tanib qolishgan.

Goal xabariga ko‘ra, Krishtianu keyinroq niqobini yechgan.

Kichik Krishtianu «Posuelo» klubi akademiyasida futbol bilan shug‘ullanmoqda. Bu jamoa Ispaniyaning uchinchi divizioni ishtirokchisi hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid