Nyu-Yorkning Nasso okrugida politsiya jamoat joyida niqob taqib yurgan yigitni qölga oldi va unda piçoq borligini aniqladi, deb yozmoqda The New York Times.

Jamoat joylarida niqobdan foydalanişni taqiqlaş çaqiriqlari iyun oyida, Falastin tarafdorlaridan ba’zilari norozilik namoyişlari çoğida yuzini bekitganidan keyin boşlangan. Ular şaxsini yaşiriş va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn hujumga uçramaslik uçun şunday qilişganini aytgan. Ammo, ta’kidlanişiça, niqobdagi kişilarning ayrimlari bezorilik harakatlarini sodir etgan.

“Hibsga olingan 18 yoşli Ueslin Omar Ramires Kastillo şu oy Nyu-Yorkning Nasso okrugida qabul qilingan niqob taqişni taqiqlaş haqidagi qonunning birinçi ayblanuvçisi böldi”, — deyiladi xabarda.

Uning birorta norozilik namoyişida qatnaşgani haqida xabar berilmagan. Okrug politsiyasining aytişiça, yigit köçada qora kiyim va çanği niqobida yurgan.

Guvoh tomonidan çaqirilgan politsiya yigitni tintuv qilib, uning kamaridan piçoq topgan. Unga bir qança moddalar, jumladan, noqonuniy qurol saqlaş va niqob taqiş haqidagi qonunini buzganlik böyiça ayblovlar qöyildi.

“Ofitserlarimiz niqobga qarşi qonun va boşqa omillardan foydalanib, talonçilik niyatida qurol olib yurgan odamni töxtatişga va söroq qilişga muvaffaq böldi”, — dedi Nasso okrugi boşliği Bryus Bleykman öz bayonotida.

Avgust örtalarida Nasso okrugida AQŞda jamoat joylarida niqob taqişni taqiqlovçi birinçi qonun qabul qilingandi. Taqiq jamoat xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan bölib, yuzini yaşirgan jinoyatçilarga qarşi kuraşişni nazarda tutadi. Qoidabuzarlar bir yilgaça qamoq jazosi va ming dollar jarimaga tortilişi mumkin. Tibbiy va diniy sabablarga köra istisnolarga ruxsat beriladi.