Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES
Jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori kelmadi, biroq sog‘liqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurish maslahat beriladi. Bu haqda SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ikromov ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi ko‘proq uchramoqda. Kasallikka chalinayotganlar orasida 90 foizi emlanmagan fuqarolar, qolgan 10 foizi esa vaksina olganiga 1 yildan ko‘p bo‘lgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir.
Qayd etilishicha, hozirga qadar ro‘yxatga olingan barcha vaksinalar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatda aynan shu vaksinalardan foydalanish davom ettiriladi.
Bundan oldin Zangiota kovid-kasalxonalarida qancha bemor davolanayotgani ma’lum qilingandi.
Ayni paytda 4000 o‘ringa mo‘ljallangan Zangiota 1- va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan va kasallikka gumonlangan 900 nafarga yaqin bemor davolanmoqda. 93 nafar bemor esa jonlantirish bo‘limida davo muolajalarini olyapti.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
Mavzuga oid

19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi

17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi

09:48 / 13.10.2023
SES raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

13:04 / 30.03.2023