Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning FAW avtokonserni sobiq rahbari poraxo‘rligi uchun 11,5 yilga qamaldi
Pekin birinchi pog‘ona sudi Xitoydagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi China FAW Group’ning direktorlar kengashi sobiq raisi Syuy Tszyanini korrupsiyada ayblab, 11,5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Uning, shuningdek, mol-mulki ham musodara qilinadi. Bu haqda Sina axborot portali xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi turli korporativ, davlat va partiya lavozimlarini 2000-2013 yillarda egallagan vaqtida uchinchi shaxslarga yordam berish maqsadida o‘z xizmat vazifasini suiste'mol qilgan, shuningdek, ular orqali pora olgan. Tergovning aniqlashicha, Syuy Tszyani tomonidan olingan pullarning umumiy miqdorida 1,77 million dollarni tashkil etgan.
Sina’ning ta'kidlashicha, ayblanuvchi o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan, shuningdek, tergov bilan hamkorlik ham qildi.
2015 yilning martida Xitoy kommunistik partiyasi markaziy komissiyasi Syuy Tszyaniga nisbatan partiya ichida tartib-intizom bo‘yicha tekshiruv boshlaydi. U o‘sha yilning avgust oyida ishdan chetlatildi.
Ma'lumot uchun, China FAW Group Xitoydagi eng birinchi tashkil etilgan avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, ayni damda u Volkswagen, Toyota, Ford, Mazda va General Motors kabi xorijiy konsernlar bilan qo‘shma korxonalarga ega.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026