Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qizi Ivankaning mahsulotlarini sotishdan bosh tortgan do‘konlarni tanqid qildi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Ivanka Trump brendi ostida kiyim-kechak, poyafzal va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi qizi Ivanka bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan Nordstrom do‘konlari tarmog‘ini tanqid qildi.
"Nordstrom qizim Ivanka bilan nohalol yo‘l tutdi. Qizim ajoyib odam – u har doim meni yaxshi ishlarga undaydi. Dahshat!", deb yozgan Tramp tvitterda.
O‘tgan hafta Nordstrom Ivanka tomondan ishlab chiqariluvchi kiyim-kechakni ularga talab pastligi sababli sotishni davom ettirishdan bosh tortgan. OAV esa go‘yoki do‘konlar tarmog‘ining barcha xodimlari bu rad etish Trampning AQShga bir qator davlatlar fuqarolarining kirishini vaqtinchalik cheklash haqidagi farmoni bilan bog‘liqligi borasida maktublarni olganlari haqidagi xabarni tarqatgan.
Shundan keyin Neiman Marcus do‘konlar tarmog‘i ham Ivanka bilan munosabatlarni davom ettirishni rad etgan.
Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq uning biznesi va prezidentlik majburiyatlari o‘rtasida manfaatlar ziddiyatidan qocha olishi borasida savollar tug‘ilgandi. Tramp lavozimiga kirishishdan oldin o‘z kompaniyalari boshqaruvini o‘g‘illariga, o‘z aktivlarini esa trast boshqaruviga topshirgan. Uning o‘z ulushini sotishdan bosh tortib, biznesdan to‘liq chiqmagani ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Bu tanqidlarni Tramp va uning huquqshunoslari noo‘rin deb atashgan.
Mavzuga oid
18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020