Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti mamlakat qachon tinchishiga oydinlik kiritdi
AQSh IShID terrorchilik guruhi va o‘zining boshqa dushmanlarini yo‘q qilmaguncha tinchimaydi, deya ma'lum qildi Qo‘shma Shtatlar vitse-prezidenti Mayk Pens.
"Amerika yuzma-yuz kelayotgan tahdidlar hech qachon hozirgidek ko‘p bo‘lmagan. Biroq ishonishingiz mumkin: prezident Tramp va uning ma'muriyati hamda bu mamlakat dushmanlar yo‘qotilmagunga qadar va bizning davlat yana xavfsizlikka qaytmaguncha tinchimaydi", - dedi Pens Nyu-York shtatidagi Uest-Poynt Harbiy akademiyasida chiqish qilib.
Pensning ta'kidlashicha, "radikal ekstremizm kuchlari nafaqat amerika xalqi, balki butun borliqning o‘zini ham yo‘q qilishga intilmoqda".
"IShID vahshiylari ularga jahon halifati yaratishga halal berayotganlar bilan shafqatsizlarcha kurash olib boradi. Jangarilar biz ularni to‘xtatmagunimizga qadar to‘xtashmaydi. Biz esa ularni, albatta, to‘xtatamiz", - dedi Pens.
Mavzuga oid
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026