Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning 600 mln yevrolik ikkinchi transhi Ukrainaga yaqin haftalarda o‘tkaziladi
YeIning Ukrainaga ko‘rsatishi rejalashtirilgan 600 mln yevro miqdoridagi ikkinchi moliyaviy ko‘magi yaqin haftalarda ajratiladi. Kiyevning muhim islohotlarni o‘tkazayotgani shunday deyishga asos bo‘la oladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunidagi matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
"Bizning fikrimizcha, YeIning 600 mln yevro miqdoridagi Ukrainaga taqdim etiluvchi makromoliyaviy yordami yaqin haftalarda o‘tkazilishi mumkin. Ukraina asosiy islohotlarni o‘tkazmoqda va YeI uning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak", - degan Yunker.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda Ukraina sharqidagi vaziyat, islohotlar jarayoni hamda YeI bilan viza tartibini liberallashtirish mavzulari muhokama qilingan.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026