Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoyda dangasalik bilan kurash bo‘yicha uchrashuvda uxlab qolgan olti amaldor jazolandi
Xitoyning Xubey provinsiyasidagi olti nafar amaldor davlat xizmatchilarining dangasaligiga qarshi kurash mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda mudrab o‘tirganliklari uchun jazolanishdi. Bu haqda mahalliy OAVga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning bu holatdagi suratlari XXR raisi Si Tszinpinning korrupsiya va davlat xizmati vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarga qarshi kurash fonida OAVda yoritilgan.
Kommunistik partiyaning Xubeydagi intizom byurosi talabi bilan amaldorlar o‘z-o‘zlarini tanqid qilib, omma oldida uzr so‘raydigan bo‘lishdi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026