Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF va Turkiya Suriyadagi hodisani o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzmaydi
Rossiya va Turkiya hukumatlari RF harbiy-kosmik kuchlarining Suriyadagi turk harbiylariga havo zarbasi berishiga doir fojiani o‘rganish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzmaydi. Chunki qasdsiz berilgan zarba bilan bog‘liq "vaziyat tushunarli", - degan Turkiyaning Anqaradagi yuqori lavozimli harbiy mulozimi RIA “Novosti” agentligiga.
"Hodisadan so‘ng, Rossiya tomoni bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi. O‘rtamizda muvofiqlashtirish bor. Hozirda gap buni yanada samarali qilish haqida bormoqda. Bu boradagi muzokaralar hozirdan olib borilmoqda. Ammo, mening bilishimcha, fojia bilan bog‘liq hech qanday komissiya tuzilmaydi, chunki vaziyat shundoq ham aniq va tushunarli, — degan agentlik suhbatdoshi.
Shu bilan birga, uning aytishicha, rasmiy Anqara Rossiya tomonining turk harbiylari o‘limiga nisbatan yondashuvidan qoniqish hosil qilgan va yuqori baholagan.
"Fojianing ilk daqiqalaridan Turkiya Qurolli kuchlari rahbariyati o‘zini juda bosiqlik bilan tutdi, shoshmasdan, sog‘lom fikrladi va nima bo‘lganini o‘rgandi. Rossiyalik hamkasblar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Biroq, voqeadan so‘ng, Rossiya rasmiylarining qarashi va amaliy yondashuvini biz ijobiy baholadik", — degan agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni komissiya tuzishni taklif qilgan, ammo "ish asosan, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olishga va ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratiladi".
"Rossiya-Turkiya munosabatlarining ijobiy rivojlanishi ikki mamlakat uchun va mintaqadagi tinchlik nuqtai-nazaridan ham juda zarur. Albatta, bu fojia ikki mamlakatni qiyin ahvolga solib qo‘ydi, biroq biz bu kabi hodisalar boshqa takrorlanmasligiga va mintaqamiz IShID terrorchilik guruhidan yaqin orada to‘liq tozalanishiga umid qilamiz", — deya qo‘shimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.
Bundan avval, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilganidek, Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirib, Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining qasdsiz havo zarbasi oqibatida turk askarlarining halok bo‘lgani uchun uzr so‘ragan edi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
18:11 / 12.06.2026