Rosstatning 8 iyul kuni e’lon qilingan haftalik hisobotida Rossiya hududlari, şuningdek, Moskva tomonidan qöşib olingan Qrim va bosib olingan Ukraina hududlaridagi yonilği narxlari tahlil qilingan.
Hisobotga köra, Qrimda AI-95 benzinining bir litri 88,82 rubldan 170,59 rublgaça kötarilgan. Bu bir hafta içida 92 foizlik ösişni anglatadi. Örtaça hisobda esa barça turdagi benzin narxi 78,4 foizga oşgan.
Rosstat bu safar qaysi hududlarda narxlar eng köp oşganini alohida körsatmagan. Biroq The Bell naşri hisobotni tahlil qilib, eng katta ösiş aynan Qrimda qayd etilganini ma’lum qildi. «Mediazona» ham uşbu ma’lumotni tasdiqlagan. Avvalgi hisobotda esa narxlar eng köp oşgan hudud sifatida qöşib olingan Sevastopol qayd etilgan.
Boşqa hududlarda ham narxlar ösmoqda
Rossiyaning qator hududlarida ham benzin narxi yuqori darajada saqlanmoqda. Xususan, Tuva Respublikasida benzinning barça turlari bir litri uçun 100 rubldan yuqori narxda sotilmoqda.
AI-95 benzinining örtaça narxi Qalmiqiston, Doğiston, Kabardino-Balqariya, Çeçeniston va Kamçatkada 90 rubldan oşgan. AI-92 benzini esa Magadan viloyati, Kamçatka, Yakutiya, Tyumen viloyati, Çeçeniston, Qalmiqiston hamda yana bir qator hududlarda 80 rubldan qimmat.
30 iyundan 6 iyulgaça bölgan davrda Rosstat hisobotidagi hududlarda benzin örtaça 2,1 foizga, dizel yonilğisi esa 3,4 foizga qimmatlagan. Qrimdan keyin eng yuqori ösiş Ivanovo viloyatida qayd etilgan bölib, u yerda yonilği narxi 19 foizga oşgan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Rossiyada benzin va dizel narxlari ketma-ket beş haftadan buyon ösişda davom etmoqda.
Rossiya dizel eksportini çekladi
Yonilği tanqisligi ortidan Rossiya hukumati 8 iyuldan 31 iyulga qadar dizel yonilğisi eksportini taqiqladi.
Boş vazir örinbosari Aleksandr Novakning ma’lum qilişiça, çeklov içki bozorda yonilği ta’minotini barqarorlaştiriş maqsadida joriy etilgan. Avval amalda bölgan çeklovlar neft mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga tatbiq etilmagan bölsa, yangi qarorga köra ular ham dizel, kemalar uçun yonilği va gazoyl eksport qila olmaydi.













