AQShda rossiyalik bokschi Povetkin ishi bo‘yicha sud tinglovlari bo‘lib o‘tdi
AQShda rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin ishi bo‘yicha sud tinglovlari bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay'ati o‘z hukmini 13 fevralda chiqarishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Sud ishi Povetkin va amerikalik bokschi Deontey Uaylder o‘rtasida o‘zaro e'tirozlarga taalluqlidir. Bunga Moskvada ushbu bokschilar o‘rtasida bo‘lib o‘tmagan jang sabab bo‘lgan. Jang rossiyalik bokschining doping-namunasida taqiqlangan meldoniy izlari topilgandan keyin bekor qilingandi.
"O‘ylashimcha, hay'at bir necha soat kengashib, tushlik yoki kechga yaqin o‘z hukmini chiqaradi", deb aytgan Povetkin manfaatlarini himoya qiluvchi Aleksey Karpenko.
Uaylder va promouterlik kompaniyasi Nyu-York sudiga Povetkin ularga 5 mln dollar to‘lashi kerakligi to‘g‘risida da'vo arizasi bergan. Raqib tomonning fikricha, jang bekor qilinishi sabab Povetkin ularga zarar yetkazgan. Rossiyalik bokschi va uning promouterlari ham raqib tomonga qarshi da'vo bilan chiqqan. Amerikalik bokschi va promouterlik kompaniyasi rossiyalikni obro‘sizlantiruvchi ma'lumotlar tarqatishda va jangni barbod qilishda ayblanmoqda. Rossiyaliklar amerikaliklardan 34,5 mln dollar talab qilishmoqda.
Hakamlar hay'ati bu haftada tomonlarning dalillari, doping bo‘yicha mutaxassislar, Povetkin va unga maslahat bergan shifokor ko‘rsatmalarini tinglaganlar.
Mavzuga oid
09:57 / 10.10.2021
Nokdaunlar almashinuvi va yakuniy nokaut. Fyuri Uaylder bilan qarama-qarshilikka nuqta qo‘ydi
00:14 / 14.06.2021
Aleksandr Povetkin faoliyatini yakunladi
09:00 / 23.08.2020
Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkin
11:20 / 23.02.2020