16:50 / 11.02.2017
5887

Amazon sanksiyalarga qaramay Eron bilan savdo qilganini ma'lum qildi

Amazon internet-riteyleri Eron bilan AQSh sanksiyalariga qaramay savdo olib borganini xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg.

Kompaniyadan aytishlaricha, 2012-2016 yillarda Erondan tashqarida joylashgan, biroq ushbu mamlakat rahbariyati tomonidan nazorat qilinuvchi shaxslar va tashkilotlarga iste'mol tovarlari sotilgan hamda yetkazib berilgan. Bunday kelishuvlar Eron tahdidini kamaytirish va Suriyadagi inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun ta'siri ostiga tushgan.

Kompaniya rahbariyatining ma'lum qilishicha, ushbu mijozlar bilan kelajakda hamkorlik qilishni rejalashtirilmayapti. Mahsulotlar orasida dasturiy ta'minot, shuningdek, jonivorlarga mo‘ljallangan tovarlar va kiyim-kechaklar bo‘lgan. 

Top