19:20 / 11.02.2017
9679

Bag‘dodda tartibsizliklar ro‘y berdi, halok bo‘lganlar bor

Foto: AP

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida shanba kuni shialar radikal targ‘ibotchisi Muqtad as-Sadra tarafdorlari va Iroq kuch tuzilmalari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. 

Tartibsizliklar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 320 nafarga yaqin inson jarohat oldi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali Bag‘dod gubernatoriga asosan xabar berdi.

Avvalroq bir qator OAVlari to‘qnashuvlar vaqtida bir iroqlik politsiyachi halok bo‘lgani, yetti nafar kuch tuzilmasi xodimi jarohat olgani haqida xabar bergandi. Iroq ichki ishlar vazirligi norozilik namoyishi ishtirokchilarida qurol aniqlanganini ma'lum qilgan.

Shaharning Tahrir maydonida yig‘ilgan as-Sadra tarafdorlari “Respublika” ko‘prigi tomon yurishganda, tartibsizliklar kelib chiqqan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari hukumatdan islohotlar o‘tkazishni, korrupsiyaga barham berishni, shuningdek markaziy saylov komissiyasi tarkibida o‘zgarishlar qilishni talab qilishgan.

Mavzuga oid
Top