Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi dahshatli YTH kamida 13 kishining umriga zomin bo‘ldi
Bangladeshning janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokatda kamida 13 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jabrlangan. Yo‘lovchi avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida shunday fojia ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Bangladesh News portali politsiya mahkamasiga tayangan holda.
Politsiya vakili Yezasul Islom YTHda 13 kishi hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat yarim tunga yaqin Bxanga aholi punktidan 12 km uzoqlikda yuz bergan. Narayl okrugidan kelayotgan avtobus gaz ballonlari olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Ikkala transport vositasi ham to‘qnashuvdan so‘ng yonib ketgan.
Politsiya vakilining aytishicha, jarohatlanganlar Bxangi va Faridpur shifoxonalariga yetkazilgan.
Guvohning shohidlik berishicha, avtobus haydovchisi boshqaruv nazoratini yo‘qotganidan so‘ng, yuk mashinasiga borib urilgan. To‘qnashuvdan so‘ng gaz ballonlari yong‘inga sabab bo‘lgan.
O‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar avtobusning 12 nafar yo‘lovchisi va yuk mashinasi haydovchisidir.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026