Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livanlik ko‘zi ojiz teleboshlovchi noyob harakati bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi
Livan davlat televideniyesida ommabop musiqiy-ko‘ngilochar dasturlar muallifi va boshlovchisi Dalia Freyfir Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. U bir sutka davomida shou-dasturni to‘xtovsiz olib borgan. Ayol jonli efirda Livan va boshqa arab mamlakatlaridan bo‘lgan 40 nafardan ortiq musiqachilar, qo‘shiqchilar, artistlar, yozuvchilar va rassomlar bilan suhbatlashgan. Dasturda hammasi bo‘lib 91 kishi ishtirok etdi.
"Baladi" yangiliklar saytining ta'kidlashicha, Dalia o‘z suhbatdoshlarini ko‘rmagan holda shou-dasturga boshlovchilik qilgan. Taniqli teleboshlovchi 18 yoshida avtohalokatga uchraganidan so‘ng ko‘rmay qolgan. Biroq fojia ayolga o‘z orzusiga erishishi va Livan OAVi orasida o‘z o‘rnini topishiga to‘sqinlik qilmadi.
Dalia qayd etilgan rekord haqidagi guvohnomani ola turib, hukumat va jamoatchilikni ko‘zi ojiz insonlarga alohida e'tibor bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi. "Ularga hayotda o‘z o‘rinlarida topishlari va ishga joylashishlarida yordam bering", - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:45 / 22.06.2026
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:33 / 17.06.2026