Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Oq uy Tramp immigratsiya farmonining yangi namunasini tayyorlamoqda
Oq uy ma'muriyati prezident Donald Trampning immigratsiya farmonini qayta tayyorlamoqda. Ushbu farmon hozirgi tahririning ijrosi apellyatsiya sudi qaroriga muvofiq, taqiqlangan edi. Bu haqda NBC telekanali o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Oq uydagi manbalarga ko‘ra, Tramp ma'muriyati, shuningdek, farmonning taqiqlanishini sudda qayta ko‘rib chiqishga umid qilmoqda. Biroq, shu bilan bir vaqtda, Oq uy yuristlari farmon matnini tahrirlashmoqda.
Prezident ma'muriyati farmon mazmuni saqlab qolinishiga ishonch bildirgan. Unga ko‘ra, aksar aholisi musulmonlar bo‘lgan 7 mamlakat fuqarolari AQShga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, AQSh adliya vazirligi prezident Trampning immigratsiya farmoni ijrosiga o‘rnatilgan taqiqni tasdiqlagan apellyatsiya sudi qarorini o‘rganib chiqmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 28.03.2026
AQSh desantchilari Yaqin Sharqqa yetib keldi
23:04 / 28.03.2026
Trampning tahdidi va Eronning zarbasi. Urushdagi so‘nggi voqealar
09:22 / 28.03.2026
Rubio Zelenskiy bayonotini ochiqchasiga yolg‘on deb atadi
09:01 / 28.03.2026