Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada o‘tadigan Suriya bo‘yicha uchrashuvga kimlar taklif etilgani ma'lum bo‘ldi
Ostonada o‘tadigan Suriya mojarosini hal etish bo‘yicha uchrashuvga AQSh va Iordaniya vakillari taklif etildi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.
Qozog‘iston poytaxtida Suriya bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishni 2017 yilning 15-16 fevral kunlari o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda Suriyada harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha rejimga amalga qilish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, qo‘shma tezkor guruh haqidagi nizomning qabul qilinishi, sulh rejimini davom ettirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar hamda boshqa amaliy qadamlar yuzasidan ham fikr almashiladi.
«Ostonadagi ushbu uchrashuvga Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi, Suriya Arab Respublikasi hukumati delegatsiyalari, Suriya qurollangan muxolifati vakillari, BMTning maxsus vakili S. de Mistura, kuzatuvchi sifatida esa – AQSh vakillari taklif etildi», - deya ta'kidlab o‘tishgan tashqi ishlar vazirligida.