Jahon | 13:37 / 11.02.2017
7078
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Fransiyadan mamlakat elchixonasini kechayu-kunduz qo‘riqlashni so‘ramoqda

Rossiya Fransiya hukumatidan mamlakatning Parijdagi diplomatik vakolatxonasiga doimiy qo‘riqlash xizmati taqdim etishni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Fransiyadagi elchisi Aleksandr Orlov «Interfaks»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz Fransiya hukumatidan diplomatik vakolatxonamizning kechayu kunduz qo‘riqlanishini tiklashni talab qilmoqdamiz», - degan u.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan so‘ng Fransiya hukumati elchixonani qo‘riqlashni «2-3 kunga tiklagan, biroq u keyinchalik yana olib tashlangan».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid