Avval xabar berganimizdek, Kun.uz sayti özbek kinosida öziga xos yönaliş paydo qila olgan, uni jahon kinosi darajasiga olib çiqiş uçun ilk qadamini taşlagan, iste'dodli özbek rejissyori Rustam Sa'diyev bilan videosuhbat ötkazgan edi. Uşbu uçraşuv davomida turli mavzularda suhbatlaşildi. 

Rejissyor Özbekistonda faoliyat yuritayotgan hamkasblari haqida sözlar ekan, uning aytişiça, özbek rejissyorlari orasida eng yaxşilari 20 nafarni taşkil etişini ta'kidlab ötdi.

“Har bir işni öz mutaxassisi bajarişi lozim. Sohaga taalluqli bölmagan odam öşa işga qöl ursa, rivojlaniş örnida, orqaga ketiş kuzatiladi. Bu tabiiy holat. Kino sohasida ham huddi şunday. San'atning bu yönalişida faoliyat yuritayotgan professionallar ham yöq emas. Hamkasblarimdan Zulfiqor Musoqov, Ayyub Şahobiddinov, Yolqin Töyçiyev, Mirmahsud Oxunov, yoşlardan Jahongir Ahmedov, Akbar Bekturdiyev, Sarvar Karimovlarni ana şunday kino mutaxassislari safiga qöşa olaman. Bundan taşqari, özbek kinosining tirik afsonasi bölmiş Şuhrat Abbosovni ham mazkur röyxatga qöşmasdan bölmaydi”.

Rustam Sa'diyev “tadbirkor kinoçilar”, degan jumlani suhbat davomida aytib ötdi. Bu atama tabiiyki öz sababiga ega edi...

“Özbekkino” Milliy agentligiga biror bir filmni işlaş uçun uning ssenariysini olib borişadi”, dedi rejissyor. “Stsenariy agentlik qoşidagi maxsus komissiyadan ötmasa, boşqa yöllarini qidirib qolişadi. Yoki tadbirkorning huquqi poymol bölayapti, deb jar solişadi. Mahsulot qanday şaklda bölmasin, uni çiqarişdan oldin, albatta, yaroqliligi tekşiriladi. Kino bu tovar emas, san'at. Ideologiyaga, inson tafakkuriga xizmat körsatuvçi vosita-ku... Meni taşvişlantirayotgan narsa, ana şunday yöllar bilan katta bir audiyatoriyani zaxarlaşayotganidir”.

Rustam Sa'diyevning fikriça film suratga oliş uçun aynan şu soha mutaxassisi böliş lozim. 

“Tasavvur qiling, Texnika universitetini bitirgan ham, Şarqşunoslikni tugatgan ham, şu sohadan dars olmagani ham kino olaversa nima böladi? Davlat katta etib San'at institutini qurib qöyibdi. U yerdagi Kino fakulteti alohida işlayapti. Şu dargohlarni öqib çiqiş kerakmi? Töğrisini aytganda kinodan professionalizm yiroqlaşdi. Misol uçun: “Aka, men bir tadbirkorman, kino olgandim”, deb kelişadi. “Qayerni bitirgansiz?”. “Şu... paxtaçilik institutini...”. Hayron qolasan... nega kinoçilar tibbiyotçilik bilan şuğullanişmaydi, nega odamlarni davolab ketaverişmaydi?.. Çunki har kim öz işini qilişi kerak”.

Suhbat davomida köpgina keskin fikrlar bildirildi. Özbek kinosining bugungi holati va istiqboli haqida xolis fikrlar yuritildi. Uşbu videosuhbatning töliq şakli bilan Kun.uz’ning