Atlantika okeani orqali 3,2 ming km ölçamdagi çang buluti AQŞ hududiga - Florida, Luiziana, Alabama va Missisipi ştatlari tomon harakatlanmoqda. Atlantika okeanini deyarli kesib ötgan bulut Sahroi Kabir ustida hosil bölgan va çang qatlami qalinligi 4 km ga yetadi, deb xabar berdi Bloomberg.

Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasi mutaxassislarining prognozlariga köra, bulut 4 iyun kuni AQŞ şarqiy qirğoqlariga yetib boradi. Havodagi çang va qum zarralari tufayli eng qiyin vaziyat 5 iyun kuni yuzaga kelişi kutilmoqda.

Sahroi Kabirda köpinça çang va qumdan iborat ulkan bulutlar paydo böladi, ammo ular hali Amerika qit’asiga yetib bormagan. Issiq çang massalari dastlab tropik siklonlar tufayli kötariladi, söngra Atlantika okeani ustidagi nam va ziçroq havo ularni yanada balandroq kötaradi va ğarbga harakatlanişiga yordam beradi. Ba’zan şamol çang massalarining bir qismini Yevropaga olib boradi. Bunday bulutlar 100 million tonnagaça çangni olib yurişi mumkin.

Çang bulutlarining paydo bölişi havo sifatini keskin yomonlaştiradi, bu öpka kasalliklari, şu jumladan astma bilan oğrigan odamlar uçun xavflidir. Bunday şaroitda hatto soğlom odamlarning soğliği bilan boğliq muammolar yuzaga kelişi mumkin, şuning uçun mutaxassislar iloji bölsa uyda qolişni va köçaga niqob yoki respiratorsiz çiqmaslikni tavsiya qiladi. Biroq, ba’zi ekspertlar bu ob-havo hodisasining ijobiy tomonlari borligini aytişadi. Bunday bulutlar minerallarni, şu jumladan fosfor va temirni olib yuradi va şu bilan tuproqni öğitlantiradi. Bundan taşqari, bulutlar AQŞ janubi-şarqiy qirğoqlariga tez-tez yopiriladigan böronlarning paydo bölişiga tösqinlik qiladi.