Kinorejissyor, ssenarist Sarvar Karimov Kun.uzʼga bergan intervyusida özbek san’atiga zarbalar “zapret”lar bilan boşlangani, xususiy kino oliş jozibador bölmay qolgani hamda nima sabab saviyasiz seriallar köpaygani haqida gapirib berdi. Uning aytişiça, davlatning kinoga behuda aralaşavergani sabab sohada degradatsiya kuzatilgan.
Sarvar Karimov özbek kinosida işlab kelayotgan iqtidorli kinorejissyor hamda ssenaristlardan biri hisoblanadi. U “Sehrli qalpoqça”, “Sehrli qalpoqça 2: sariq devni minib”, “Sarvqomat dilbarim” filmlari, “Hokim buva” seriali bilan taniqli.
Karimov şu kunlarda köp muhokamalarga sabab bölayotgan “Ma’naviyat ekspertizasi”, badiiy kengaş va umuman kino sanoatining dolzarb nuqtalari haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.
– Kino kun tartibidan çiqmaydigan mavzulardan biri, doim muhokama va e’tiborda böladi. Şu jihatdan dastlab uning vazifa va funksiyalari haqida gaplaşsak. U nimalardan iborat va Özbekistonda kinolarimiz şularni bajara olyaptimi?
– Kino san’at turlari qatoriga kiradi, buni hamma biladi. Bu ham san’at, ham sanoat. Kinoning ortida juda katta jamoa işlaydi, juda katta pullar sarflanadi. Deylik, biror bastakor uyda ötirib, yangi musiqani çalib, yozişi mumkin bölsa, afsuski, kinoni bir kişi bitira olmaydi. Şuning uçun önlab odam işlaşi kerak va arzonga bitadigan iş emas. Şu sabab kino sanoati degan gap ham bor. San’atning asosiy vazifasi – insonning hissiyotlarini jumbuşga keltiriş. Ya’ni siz biror bir musiqa eşitganingizda, spektakl körganingizda, u asosan sizning qalb tolalaringizga teginişi kerak. Rusça gap bor: “teatr leçit duşu”, buni umuman san’atga nisbatan aytsa böladi. San’at insonning qalbini davolaydi, ya’ni dori-darmon soğliğingizni davolaydigan bölsa, san’at qalbingizni davolaydi. Şuning uçun san’at insondan birinçi navbatda hissiyotlar uyğotişi kerak.
Kino haqida gapiradigan bölsak, komedik kino bölsa, siz uni körib kulişingiz, drama yoki melodrama bölsa, yiğlaşingiz, dahşatli filmlar yoki triller bölsa, qörqişingiz kerak. Ya’ni kinoga odam özi qaçon boradi, vaqtini çoğ ötkaziş uçun boradi. Şuning uçun [kinoning] asosiy maqsadi – insonning vaqtini mazmunli ötkaziş. Şu bilan birga, töğri, öziga yaraşa tarbiyaviy funsiyalari ham bor, kino yordamida biz ötmişda yaşagan odamlar haqida tuşunçaga, insonlarning biografiyasi haqida qandaydir ma’lumotlarga ega bölişimiz mumkin, lekin kinoning [asosiy] maqsadi bilim beriş, odamni tarbiyalaş emas. Bu funsiyalariga kirişi mumkin, ammo 10-, 11-funksiyalari hisoblanadi. Asosiy funsiyasi avvalambor hissiyotlar beriş.
Yaqinda Eldor Asanov şu mavzuda yaxşi fikr yozdilar, “tarix faktlarni muhrlaydi, san’at va adabiyot esa hissiyotlarni”. Ya’ni siz deylik, olimpiada haqida biror hujjatli filmni körsangiz, töğri, u yerdagi faktlarni eslab qolişingiz mumkin, qaysi davlat qanday qatnaşgan, neçta oltin medal olgan va kim yutgan va yutqazgan, lekin badiiy film köradigan bölsangiz, badiiy adabiyot öqisangiz, öşa yerdagi hissiyotlarni muhrlaşga xizmat qilişi kerak. Deylik, Titanik filmini körganimizdan keyin biz hammamiz haqiqatan şunday katta kema bölganini, 1912 yilda aysbergga urilib çökib ketganini bilganmiz, bu fakt. Lekin biz Titanikda neçta odam bölgani, uni kim qurgani, neça tonna bölganlarini eslab qolişimiz kerak emas. Agar buni eslab qolganimizda, qandaydir bu haqdagi iliy adabiyotlarni öqişimizga töğri kelardi. Biz öşa yerdagi insonlarning taqdirini körganmiz, ya’ni boş qahramon Jyek va Rousni oladigan bölsak, undan taşqari yana bir qança qahramonlar bor, agar kinoni körgan bölsangiz, eslasangiz çökayotgan vaqtida kimdir qoçişga harakat qiladi, kimdir ölimini mardlarça qabul qiladi, masalan, bitta epizod aniq esimda qolgan, bir çol va kampir ölimini tan olib, bir-birining qölini uşlab, krovatda yotgan holda çökişga tayyor turadi.
Odamlar ayollarning kiyimini kiyib, faqat ayollar tuşişi kerak bölgan qayiqlarga tuşib olgan böladi. Musiqaçilarni eslasangiz, odamlar qörqib ketmasin deb musiqa çalişadi, kema çökib ketay deyotganda tarqalib, bir-biriga qarab oxirigaça şu işini qilişlarini aytişadi. Bir yaxşi gapni aytadi: “men sizlar bilan bir orkestrda işlaganimdan faxrlanaman” deydi. Ya’ni siz hissiyotlarni eslab qolasiz. Öşa Titanik çökayotganda odamlar özini qanday his qilgani, kim özini qanday tutgani yodingizda qoladi. San’atning asosiy vazifasi bu, albatta hissiyotlarni muhrlaş.
– Sarvar aka, kinolarda ğoyalarni ilgari suriş majburiyati ham bormi? Ya’ni biror film yaratildi yoki yaratiliş jarayonida rejissyor uni qaysidir ğoyani taşişi kerak deb hisoblaşi şartmi?
– Bu narsa bor, lekin majburiy va şart emas. Ya’ni biror filmni körib, men unda buyuk ğoyani körmadim, u yomon film deyolmaysiz. Çunki özimiz ham mazza qilib körgan kinolarni eslaydigan bölsak, özimizni klassik filmlarni olsak, töğri qayerdadir ğoya bordir, masalan, “Sen yetim emassan” filmida buyuk ğoya bor, bu – gumanizm. Masalan, “Mahallada duv-duv gap”da unday kuçli ğoya yöq. Şunçaki öşa vaqtda yaşagan insonlarning taqdirini körganmiz, öşa paytdagi katta yoş va yoş avlod vakillari örtasidagi qandaydir ziddiyatni körganmiz. Bu – normal holat, lekin u yerda buyuk ğoya yöq.
Yoki “Töylar muborak” filmini olsak, oddiygina film. Şu bilan birga, xalqimizning sevimli filmlaridan biri. Yoki “Yor-yor” filmini olsak, bir yigit bir qizni sevib qoladi, uni qidirib butun respublikani kezib çiqadi. “Maftuningman”ni olsak, ya’ni qaysidir filmlarda qandaydir kuçli ğoya bölişi mumkin, lekin bu har bitta filmda bölişi şart degani emas va har bitta filmdan ğoyaviylikni talab qiliş şart emas.
Şunday filmlar böladi, töğri, butun bir davlat va jamiyatga katta ta’sir ötkazgan bölişi mumkin. Masalan, Polşada Kşiştof Keslyovskiy degan ajoyib rejissyor bölgan. Uning “Korotkiy film ob ubiystve” degan filmi bor, öşanda bir yoş yigit taksiçini öldiradi, şundan keyin uni qatl qilişadi. Filmni körsangiz, voqealari 2 qismga bölingan. Birinçi qismida yigitning qilgan işini, ikkinçisida uni ölim jazosiga hukm qilinişi, öldirilişigaça körasiz. Va bu film şu darajada odamlarga, Polşa jamiyatiga qattiq ta’sir qilganki, bir qança muddatga “töxtanglar, biz ölim jazosini töxtatişimiz, bu masalani körişimiz kerak” deb, 1 yil ötgaça, adaşmasam, referendum ötkazilgan holda Polşada ölim jazosi bekor qilingan. Şu darajada katta ta’sir ötkazgan. Şunday filmlar ham böladi, töğri. Lekin mingtadan bitta bölib qolişi mumkin. Har bitta filmdan xuddi şunday ğoyaviylikni talab qilaveriş kerak emas.
Masalan, “Yor-yor”, “Töylar muborak” filmi haqida gapirdik, bu filmlarda kuçli ğoya yöq, lekin ular odamlarga tabassum, yaxşi kayfiyat hadya etgan va hadya etib kelmoqda. Ya’ni film körgaç, u sizga yaxşi kayfiyat va tabassum hadya etyaptimi, vazifasini bajardi.
– Hozirgi özbek kino sanoati haqida qanday fikrdasiz? Bu vazifani bajarişyaptimi?
– Hozir, afsuski, biz şu narsani unutib qöydik. Filmdan katta ğoyaviylikni talab qilyapmiz, “tarixiy film olişimiz kerak, buyuk ota-bobolarimiz haqida film olişimiz kerak, bunday qilişimiz kerak, unday qilişimiz kerak” deyilyapti, buning uçun katta mablağ ajratilyapti, filmlar olinyapti. Hammasini birdek yomon deya olmayman, orasida yaxşilari ham bor. Lekin kinoning asosiy vazifasi: tomoşabinga qiziqarli bölişi kerakligini [unutib qöydik]. Hattoki, tarixiy film olgan taqdirimizda ham tomoşabin 15-asrda nima bölganini bilib ötirişi şart emas, unga insoniy hissiyotlar qiziq. Çunki 2,5 yil oldin yozilgan grek tragediyalari yoki komediyalarini olsak, u yerda ham oddiy insoniy munosabatlar birinçi örinda turadi.
Siz kinoni körganingizda baribir insoniy munosabat uçun körasiz. Deylik, 2000 yilda suratga olingan “Gladiator” filmining birinçi qismini oladigan bölsak, qadimgi Rim, gladiatorlar haqida ma’lumotga ega bölamiz, Kolizeyni körişimiz mumkin, lekin birinçi örinda baribir özining oilasi, ayoli va farzandini yöqotgan otaning qasos olişi haqidagi film. Biz u yerda insoniy munosabatlar birinçi planga çiqadi. U gladiator bölib 2 ming yil oldingi voqea bölişi mumkin edi yoki 10-15 yil oldingisi ham bölişi mumkin edi. Birinçi baribir insoniy hissiyot uçun körasiz.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi,
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Abduqodir Tölqinov.







