Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent avtobuslarida bepul internetga ulanish imkoniyati taqdim etildi
Toshkent shahri hokimiyati bugun, 11 fevraldan boshlab poytaxt avtobuslarida Wi-Fi yordamida bepul internet taqdim etish bo‘yicha loyihani tiklashga qaror qildi.
Hozircha global tarmoqqa bepul kirish imkoni bir hafta davomida oltita: 10, 14, 24, 28, 51, 95-raqamli shahar avtobusi yo‘nalishlarida taqdim etiladi. Shu bilan bir qatorda, poytaxtdagi barcha avtobuslarni joriy yil yakuniga qadar internet bilan ta'minlash rejalashtirilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, internet UZMOBILE kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Global tarmoqqa bepul kirish imkoni bo‘lgan avtobuslar eshiklarida maxsus - Wi-Fi BUS belgilari o‘rnatiladi.
Yo‘lovchi UZMOBILE Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishi lozim:
1 - abonent (+99895)146-94-34 raqamiga SMS xabar jo‘natishi lozim.
2 - «UZMOBILE Wi-Fi» nomli tarmoqni topish.
3 – olingan maxfiy raqamni maxsus Captive portal portaliga kiritishi (abonent mobil uskunasidagi brauzer ochilganda avtomatik yo‘naltiradi).
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma'muriyati o‘tgan yilda ham bunday loyihani amalga tatbiq etmoqchi bo‘lgan, biroq tajriba haftasidan so‘ng bu ish to‘xtab qolgandi.
Wi-Fi bo‘lgan avtobuslardagi belgilar

Mavzuga oid
12:58
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026