Jahon | 00:12 / 11.02.2017
5712
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Isroil bosh vaziri bilan yaxshi munosabatda ekanligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning Israel hayom nashriga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan yaxshi munosabatda ekanligini aytdi

"Biz har doim yaxshi chiqishganmiz, u yaxshi odam. U Isroil uchun qanday kerak bo‘lsa, shunday qilishni istaydi. U tinchlikni istagan bo‘lardi. Fikrimcha, u tinchlikni istaydi va buni bor kuchi bilan qiladi", deb aytgan Tramp.

Tramp unga  Netanyaxu "hamisha yoqqanini" ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid