Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidenti to‘qimachilik korxonalari loyihasi haqida o‘zining fikrlarini bildirdi
Foto: O‘zA
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida “Janub tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyati, “Amudar Teks” O‘zbekiston – Angliya qo‘shma korxonasi hamda Sherobod tumanida barpo etiladigan “SHEROBOD TEXTILE INVEST” mas'uliyati cheklangan jamiyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Janub tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etiladigan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirilishi 350 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Korxonada yiliga 5 ming tonnadan ortiq ip-kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
2018 yilda ishga tushiriladigan “Amudar Teks” O‘zbekiston –Angliya qo‘shma korxonasi yiliga 7 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu yerda 300 kishi ish bilan ta'minlanadi. 10 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi.
“SHEROBOD TEXTILE INVEST” mas'uliyati cheklangan jamiyatida o‘rnatiladigan zamonaviy texnologiyalar yiliga 17 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Korxona qurilishiga 46 million dollar mablag‘ sarflanadi. Sherobod tumanining “Seplon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etiladigan korxona ishga tushirilishi bilan 700 kishi ish bilan band bo‘ladi.
Davlat rahbari mazkur sanoat korxonalari paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda istiqbolli loyihalar bo‘lib, viloyat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:36 / 02.12.2025
Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
11:52 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
12:43 / 19.09.2025
Termizda maktab o‘qituvchilari konsertga bilet olishga majburlanayotgani aytilmoqda
18:03 / 24.08.2025