Sport | 19:00 / 12.02.2017
10166
1 daqiqa o‘qiladi

Video: AQShda tennis turniri vaqtida Germaniya madhiyasi o‘rniga Uchinchi reyx gimni aytildi

AQShning Havayi shtatida boshlangan tennis turnirida, Federatsiya Kubogining chorak finalida AQSh va Germaniya ayollar terma jamoalari bahsidan oldin Uchinchi reyx davridagi madhiya yangradi.

Bu holat amerikalik Elison Riske va germaniyalik Andrea Petkovich bahsidan oldin ro‘y bergan.

Associated Press xabariga ko‘ra, matbuot anjumani vaqtida Germaniya jamoasi vakili bu holat uchun norozilik bildirishgan.

«Umrimda bu qadar hurmatsizlik ko‘rmagandim. Federatsiya Kubogi turnirlarida emas, 13 yillik faoliyatimda. Bu men duch kelgan eng yomon vaziyatdir», — degan germaniyalik tennischi.

AQSh tennis assotsiatsiyasi bu xatolik uchun uzr so‘ragan.

«Biz buni ataylab qilmadik. Bu holat boshqa takrorlanmaydi», — deyilgan bayonotda.

Ushbu bahsda Petkovich Elison Riskega 6:7 (8:10), 2:6 hisoblarida yutqazdi.

Keyinroq, internetda ushbu holat videosi tarqaldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid