Ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Quronboyev tegişli ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Unda mahalla “yettiligi” har kuni tongda işni davlat madhiyasini aytişdan boşlaşi kerakligi aytilgan.

“Andijon viloyatiga katta rahmat. Haqiqatdan bugun soat 7:00da barça mahallalarda “yettitalik”, “töqqiztalik” çiqib, birdaniga Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro qildilar. Oçiği, katta “kalonka” qöyiş şart emas. Har kim özining imkoniyatidan kelib çiqsin, lekin eşitiladigan bölsin.

Mening aytadiganim şuki, köçadan maşinalarda ötib ketayotgan odamlar, maktab öquvçilari ham töxtab, madhiyaga qöşildilar. Şuning uçun hamma viloyatga topşiriq böladi: ertalab madhiyamiz bilan işni boşlaşni rejalaştirasizlar. Keyin, madhiyani aytib böliş bilan darhol 100 foiz mahallari raislari özining hududida joylaşgan maktabga borib, dars soat 8:00da boşlanadigan bölsa, 7:45da maktabning oldida maktab “zamdirektori”, özi va profilaktika inspektori – uççalasi öquvçilarni kutib oladi.

Soat 8:15 da maktabning “zamdirektori” kimlar kelmagani töğrisidagi ma’lumotni mahalla raisiga beradi. Mahalla raisi olib kelib, “yettitalik” köçalarni bölib olgan-ku, har qaysi köçadagi öşa mas’ulga beradi. Ular borib, nima uçun bolasi maktabga kelmaganini joyida muhokama qiladi.

Şuning uçun hammaga topşiriq, keçqurun soat 9 larda men ZOOM ötkazaman sizlar bilan, kim qanaqa tuşunganini menga aytib beradi har bittasi. Demak, maktabdagi davomat masalasiga alohida e’tibor beriladi.

Ikkinçi masalamiz, ota-onalar majlislarini taşkil qiliş masalasi. Özi umuman, Javdat Sultonoviç va Abdulla, ikkalalaringga topşiriq böladi, “ota-ona, maktab, mahalla” uçtalik zanjiri böyiça konsepsiyani tayyorlatib, ikki kun içida menga kiritasizlar. Bu masala böyiça ham işlarni boşlaşimiz kerak böladi”, degan Qahramon Quronboyev.

Oldinroq respublikaning turli hududlaridagi MFY binolarida har kuni soat 7:30 da mahalla raisi va xodimlar tomonidan davlat madhiyasi aytilayotgani, bu topşiriq “Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi töğrisida”gi qonunga zid bölişi mumkinligi xabar qilingandi.

“Mas’ullarning bu topşiriğini şunçaki közböyamaçilik, töğriroği “galoçka” uçun qilingan iş deyiş mumkin. Sababi, respublikada öng mingga yaqin mahalla bor. Har kuni şunça mahallada madhiya aytildimi yoki yöqligini tekşirib ötiriş, ular taşlagan videolavhalarni tinglab köriş deyarli imkonsiz. Qolaversa, ayrim mahallalarimiz hududida ança katta, MFY binosi va raisning uyi orasidagi masofa bir neça kilometrni taşkil qiladi. Bu yoşi katta mahalla raislariga noqulaylik tuğdiryapti, kamiga mehnat qonunçiligi buzilişiga ham sabab bölyapti”, degandi Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan, ismini oşkor qilişni istamagan mahalla raisi.