Qirg‘izistonda yangi davlat madhiyasi uchun tanlov e’lon qilindi
Tanlovda bastakorlar, musiqachilar, shoirlar, yozuvchi guruhlar va ijodiy uyushmalar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qirg‘izistonda davlat madhiyasining yangi matni va musiqasi uchun tanlov e’lon qilindi, deb xabar beradi Kabar agentligi.
Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tanlov Qirg‘iziston xalqining tarixiy merosi, madaniy an’analari va milliy birligini aks ettiruvchi yuksak badiiy musiqiy asar yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlovda bastakorlar, musiqachilar, shoirlar, yozuvchi guruhlar va ijodiy uyushmalar ishtirok etishi mumkin.
Loyihalar vatanparvarlik, tantanalilik va adabiy me’yorlarga muvofiqlik bo‘yicha baholanadi. Tanlov g‘olibini Jogorku Kenesh deputatlari, yozuvchilar, bastakorlar va madaniy arboblardan iborat komissiya aniqlaydi. Agar munosib variant topilmasa, tanlov bekor qilinishi mumkin.
Idoraning qayd etishicha, tanlovda nafaqat yangi, balki mualliflik huquqlarida rioya qilingan holda oldin ijro etilgan musiqiy asarlar bilan ham ishtirok etish mumkin. Tanlov g‘oliblariga pul mukofoti beriladi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning davlat madhiyasi 1992 yil 18 dekabrda mamlakat Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uch kuplet va naqoratdan iborat edi. Ammo Jogorku Keneshning 2012 yil 27 dekabrdagi qarori bilan ikkinchi kuplet chiqarib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston 2023 yil 22 dekabrda davlat bayrog‘ini ham o‘zgartirgan edi. Undagi quyosh nurlarining to‘lqinsimon shakli to‘g‘ri chiziqli shaklga almashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston | 11:55
-
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Jahon | 11:50
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat tibbiyot muassasalarining pulli xizmatlari arzonlashadi
O‘zbekiston | 11:25
Mavzuga oid

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025