Sport | 20:35 / 12.02.2017
7041
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Chelsi» «Byornli»ni yenga olmadi

Angliya premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvda peshqadam «Chelsi» «Byornli» mehmoni bo‘ldi.

Premer-liga va kubok o‘yinlarini qo‘shib hisoblaganda, o‘z uyidagi so‘nggi to‘qqizta (!) uchrashuvda faqat g‘alaba qozongan «Byornli» noyabrdan buyon ilk marta ochko yo‘qotdi.  

Uchrashuvning 7-daqiqasida Pedro mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 24-daqiqaga kelib esa Robert Breydi tomonidan kiritilgan gol muvozanatni tikladi va bu o‘yindagi yakuniy hisob bo‘lib qoldi. «Byornli» ochko yo‘qotgan bo‘lsada, o‘z uyidagi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha «Byornli» o‘z uyida «Manchester Siti», «Arsenal» va birinchi turda «Suonsi»ga mag‘lub bo‘lgan.

Ushbu durangdan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 60taga yetdi. «Byornli» esa 30 ochko to‘plab, 13-o‘rinda bormoqda.

Angliya premer-ligasi, 25-tur

Bernli – Chelsi 1:1 (1:1)
Gollar: Breydi (24) – Pedro (7).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Barton, Vestvud, Breydi (Arfild, 65), Barns, Grey (Vouks, 82).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Fabregas, 67), Mozes (Villian, 72), Pedro (Batshuayi, 87), Kante, Azar, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Vestvud (69), David Luiz (75), Louton (77), Barton (88), Fabregas (89).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid