Döstlik va sadoqat tuşunçalari bir-biriga ma'nodoş va bir-biriga çambarças boğliq bölgan sözlardir. Töğriroği, sadoqat bu – döstlik degani, döstlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat sözi döstlik ma'nosini ifoda qiladi. Çunki haqiqiy döst sadoqatli böladi. Sodiq döst degan söz ham şundan kelib çiqqan. Sadoqat - döstlik kişi uçun nasib qilişi mumkin bölgan ne'matlarning eng yaxşilaridan biridir, deb aytsak xato qilmagan bölamiz. Bu ne'matni faqat haqiqiy dösti bor odamgina tölaqonli his qila oladi.
Sadoqat - döstlik “sidq” sözidan olingan. “Sidq” esa rostgöylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, döst döstiga nisbatan rostgöy, samimiy va vafodor böladi.
Döstlik tuşunçasining mazmun mohiyati haqida donişmand kişilar, olimu fozillar tomonidan köplab sözlar aytilgan bölib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham köramiz.
- Döstlik şunday bir daraxtdirki, uruği vafo, şohlari umid, yaproqlari saodatdir.
- Döstlik bir şahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.
- Döstlik usiz inson yaşay olmaydigan kuç-quvvat manbaidir.
- Döstlik ikki şaxsning göyoki bir şaxs sifatida birlaşib ketişi va yagona fikrni özida taşimoğidir.
- Döstlik u orqali kişi öz dardini çiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir.
- Döstlik özga uçun öz manfaatlarini qurbon qiliş, fidokor böliş hamda xudbinlik illatidan ozod bölişdir.
Döstlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik tuşunçalariga tutaş bölgan tuyğudir. Xiyonat unga butkul begona. Haqiqiy döst döstiga heç qaçon xiyonatda bölmaydi.
Döstning, yaqin kişining xiyonati juda oğir va alamli böladi. Uni qalbdan butkul öçirib yuboriş muşkul. Döst tomonidan yetkazilgan kiçik aziyat ham zohiran kiçik bölib köringani bilan aslida katta bölib, qalbda çuqur jarohat qoldiradi. Çunki, döstdan jafoning kattasi ham, kiçigi ham kutilmaydi. Nainki jafo, balki, qandaydir e'tiborsizlik, bemehrlik ham döst bilinuvçi kişidan sodir bölişi köngilga oğir botadi. Donişmandlardan biri şunga işora qilib: "duşmanlarim toş otdi, parvo qilmadim. Döstlarim otgan guldan boşim yorildi", degan ekan. Demak inson öziga yaqin bölmagan, döst hisoblamagan odamlardan yetadigan aziyatlarga ular harçand katta va oğir bölmasin, bardoş berişi mumkin. Ammo, döst deb bilgan insondan sodir böladigan kiçik aziyatni öziga qattiq olar ekan.
Döst, oğa - ini şunisi bilan ham döstki, u döstining ahvolini aytmasa ham sezadi, uning ehtiyojini öz ehtiyojidan ustun qöyadi. Döstining dardi bilan öz dardidan köra köproq oğriydi. Uning taşvişi bilan yaşaydi. Haqiqiy döstlik quyoş botişi kabi ğoyib bölmaydi, qorning erişidek erib ketmaydi. U heçqaçon ölmaydi. Illo, qalbdagi muhabbat ölsagina ölişi mumkin. Döstlik bu iymon alomati. U vijdonni maskan tutadi, heç qanday mezonda ölçanmaydi. Uni moddiy qiymat bilan baholaş mumkin emas.
Haqiqiy döst biror ötirişga kelib qolsangiz, darrov sizga joy beradi. Körişganda birinçi bölib salom beradi. Mabodo, işingiz tuşsa quvonç va şodlik bilan hojatingizni ravo qiliş yölida yelib-yuguradi. U öziga yaxşi körgan narsasini sizga ham yaxşi köradi. Hatto sizni özidan ustun qöyadi. Doim sizga yaxşilikni ravo köradi. Haqiqiy döst biror moddiy yoki ma'naviy manfaatni közlamagan holda sizni Alloh uçun yaxşi köradi. U hayotingiz tökin-soçinligida ham, maşaqqatli paytida ham, şodlikda ham, qayğuda ham, kengçiligu torçilikda ham yoningizda turadi. Haqiqiy döst aybingni körsa, tanholikda nasihat qiladi. Yaxşi işingizni ustidan çiqsa, şijoatlantiradi. Ezgu işlarni amalga oşirişingizda kömakçi böladi. Çin döst siz haqingizda doimo yaxşi fikrda böladi. Bordiyu unga nisbatan xatolikka yöl qöysangiz ham buning uçun uzr topadi. Keçirib ketadi.
Ona zamin faqat ma'lum mavsumlardagina meva bersa, döstlik mevasi har lahzada teriladi. Hakimlardan biri döstlikni şamsiyaga (zontik) mengzatadi. Yomğir kuçaygan sari soyabonga ehtiyoj ortganidek, musibat va muşkilot yomğirlari boşingiz uzra şiddatli tus olgani sari döstlik şamsiyasiga ham ehtiyojingiz kuçayaveradi. “Yomğir”dan soyabon bölmagan döst döst emas. U şunçaki, taniş -bilişlardan biridir.
Haqiqiy döst şunday kişiki, u bilan birga bölsangiz, xuddi yolğiz holda bölganingizdek özingizni betakalluf tutasiz. U qaysidir kamçiligingiz tufayli sizdan yuz ögirib ketmaydi. Yiğingiz uçun yiğlaydi, şodligingiz uçun quvnaydi. Uzringizni qabul qiladi, xatoingizni keçiradi va yöqligingizda ham sizga vafodorlikni saqlaydi, kam - köstingizni töldiradi.
Ehtimol, hayotingiz davomida şunday döstni uçratarsiz, ehtimol uçratmassiz. Ammo dunyo bunday kişilardan xoli emas. Imom Şofeiy (r.h): "agar dunyoda sodiq döst bölmasa, bunday dunyoga alvido bölsin!", degan edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) muborak bir hadislarida "mömin kişi döst böladi va döst qilinadi. Na döst böladigan, na döst qilinadigan insonda yaxşilik yöq!", deganlar (Imom Ahmad va Bazzor rivoyati).
Dinimiz döstlik dini. Unda xudbinlik qoralanadi. Aksinça, özgalar manfaatini öz manfaatidan ustun qöyiş kabi oliyjanob xislatlar tarğib va tarannum etiladi. Olamlarga rahmat bölib kelgan Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning hayot yöllariga va U zotning sahobalari hayotiga nazar solar ekanmiz, köz öngimizda döstlik tuşunçasi özining bor - böyi bilan gavdalanadi.
Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning yigirma uç yillik payğambarlik hayotlari mobaynida dunyodagi mazkur tuşunça qayta jonlandi, barq urib yaşnadi va olamni gözallikka burkadi, desak ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Yori Ğor deb nom olgan Abu Bakr Siddiqning öz döstiga körsatgan misli körilmagan jonfidoliklari, bir umr azon aytib odamlarni xuşnud qilib kelgan Bilolning dösti vafotidan söng azon aytolmay qolişi, hatto döstining şahridan uzoqlarga ketib qolişi va boşqa köplab mö'jizavor, aql bovar qilmas darajadagi sadoqat namunalari nimadan dalolat beradi?! Döstlikdan emasmi?!
Donişmandlardan biri aytadi: "mening közlarim uçun döstlarim manzarasidan-da mahbubroq narsa yöq. Quloqlarim uçun döstlarim safardan qaytgani haqidagi xuşxabardan - da yaxşiroq rohat beradigan musiqa yöq".
Imom Ğazzoliy "Ihyou ulumi-d-din" asarida döstlikni uç martabaga böladi. Birinçi, eng quyi martabadagi döstlik şundan iboratki, döst öz döstiga xuddi quliga muomala qilgandek muomalada böladi. Ya'ni, xoja qulini xuddi özi kabi ta'minlamasa ham ammo, oç - yalanğoç bölib qolmaydigan darajada örtaça yeyiş - içişi va örtaça kiyinişi, yotoği va kasal bölib qolsa davolanişini ta'minlaganidek, döstini oç va yupun holda qoldirmaydi, kasal bölganini eşitgaç, bilib turib, ölib ketişiga qarab turmaydi.
Ikkinçi martabadagi döstlikda döst öziga qanday qarasa, döstiga ham şunday qaraydi. Özi uçun yaxşi körgan narsani döstiga ham ilinadi. Bu birinçi martabadan yuqoriroq albatta. Uçinçi oliy martabadagi döstlik esa kişi öz döstining ehtiyojini özinikidan ustun qöyişida aks etadi. U özi uçun yaxşi körgan narsasini endi öziga emas, döstiga berib, uni özidan iysor etadi.
Hozirgi moddiyot va boşqa turli xil muammolar girdobida qolgan hamda jamoaviylikdan köra fardiylik (individualizm) tobora kişilar ongiga hukmron bölib qolyotgan bu asrimizda yuqoridagi misolda keltirilgan döstlik martabalarining eng pastki darajasini ham topiş borgan sari amrimahol bölib bormoqda. Lekin, avvalroq aytganimizdek, dunyoda çin döstlik hali ham bor. U zavol topmagan. Faqat, inson çin döstni topiş uçun avval özi kimgadir döst bölişga harakat qilmoği maqsadga muvofiqdir.
Yana mazkur asarni öqir ekanmiz döstlik tuşunçasi va u taqozo qiluvçi majburiyatlar borasida ajib sözlarga duç kelamiz: "agar döstingga biror hojating tuşadigan bölsa, buni unga ayt. Mabodo unda heçqanday harakat körmasang, yana bir marta eslat, zero, inson unutuvçidir. Ehtimol yodidan kötarilgandir. Agar yana esidan çiqib qolsa, yana eslat. Bordiyu, şunda ham sening ehtiyojing böyiça unda heçqanday harakat sezmasang, unga tört marta takbir aytginda, yölingda davom etaver. Zero, u kimsa ölik ekan" ("Ihyou ulumi - d - diyn"). Demak, döst faqat ölik holda bölsagina döstining şikoyatini tinglamas, unga yordam qölini çözmas ekan. Tirik böla turib, dösti uçun yugurib - yelmagan inson ham ölik maqomida bölarkan.
Ibn Şubruma aytadi: “Döstingga biror hojating yuzasidan iltimos qilganingda u hojatingni ravo qiliş uçun özini zarraça ham qiynamasa, tahorat qilib, tört takbir ayt va uni öliklardan deb hisoblayver”. Iysor ya'ni özganing ehtiyojini öz ehtiyojidan ustun qöyiş va fidokorlik tuşunçasi musulmonlikning yuksak fazilatlaridan biri sanaladi. Şonli ötmişimiz iysor va fidokorlikning gözal namunalarini öz içiga olgan ibratli voqealar bilan tarix sahifalariga zeb bergan.
Ammo, bugungi kunga kelib, bu narsalar köpçilik uçun tarixda qolib ketgan hikoyalardek tuyuladi. Ommaviy madaniyat va globallaşuv dunyo xalqlariga özining salbiy, yana ham töğriroği halokatli ta'sirini ötkazayotgan asrimizda xudbinlik va manfaatparastlik kişilar tabiatiga ğolib kelayotgani sir emas. Odamlar “mendan keyin töfon bölmaydimi?!”, degan ğarbona dunyoqaraşni özlariga şior qilib olganlar. Bu esa jamiyat birligiga putur yetkazadigan xatarli tuşunçadir. Holbuki, janob Payğambarimiz alayhissalom köplab muborak hadislarida musulmonlarni bir jasadga öxşatganlar. Kişi öziga yaxşi körgan narsasini birodariga ham ravo körmagunça komil mömin bölolmasligini ta'kidlaganlar. Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Nabiy alayhissalom şunday marhamat qiladilar: “to öziga yaxşi körgan narsani dösti uçun ham yaxşi körmagunça birortangiz (komil) mömin bölolmaysiz!”, (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Uşbu muborak nabaviy ögit borasida tafakkur yuritilsa, undan olam - olam ma'no va saboqlar balqib çiqadi. Dinimiz kişilarning Alloh bilan bölgan aloqalarini tiklaşga buyurganidek, özaro insoniy aloqa va riştalarni ham gözal ravişda tartibga solişga çaqiradi. Hatto komil iymonga erişiş uçun mazkur insoniy aloqalarni kamolotga yetkaziş şart qilinadi. Ana şunda jamiyatda inoqlik, totuvlik hukm suradi. Fozil jamiyat vujudga keladi. Bu esa harbir şaxs boşqa şaxs manfaati uçun öz manfaati yölida harakat qilganidek harakat qilişi orqaligina yuzaga kelişi mumkin.
Iymoniy kamolotga erişişni istagan kişi özi uçun yaxşi körgan narsani boşqalarga ham ravo körişi lozim. Bu esa kişidan oğir mehnat talab etadigan nafs tarbiyasini taqozo qiladi. Zero, özi uçun sevimli bölgan narsani boşqalar uçun ham seviş darajasiga erişiş uçun inson keçirimlilik, saxovat, oliyjanoblik, hojatbarorlik kabi öz xulqi va tabiatini oliy qiladigan fazilatlar kasb etişga intilişi, ayni çoğda xudbinlik, hasad, kibr, qizğançiqlik, özgalarni tahqirlaş, xusumatçilik kabi tuban xislatlardan qalbini poklaşga harakat qilmoği lozim. Mazkur hadisga amal qilgan odam hammaga yaxşilikni ravo köradi. Özga dindagilarga ham yomon oqibatni soğinmaydi. Heçkimni şaxsi uçun yomon körmaydi. Balki, barçani dunyo va oxiratda saodatga erişişiga orzumand böladi.
Öziga yaxşi körgan narsani birovga ham nasib bölişini yaxşi köriş ötgan uluğlarimizga juda ham taniş bölgan tuşunça edi. Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinişiça Abdulloh ibn Mas'ud (raziyallohu anhu): “Allohning kitobidan birorta oyatni öqisam, yaxşilikni boşqalarga ham ravo köriş yuzasidan qaniydi hamma odamlar öşa oyatni men kabi bilsalar edi, deya orzu qilaman. Agar biror qişloqda yomğir yoğib, öt - ölan va meva - çevalar serob bölganini eşitsam, garçi öşa qişloqda mening çorvalarim bölmasa ham ular uçun albatta xursand bölaman”, der edilar.
Sözimiz söngida Alloh taolodan gözal va jonajon yurtimizning tinçlik - salomatligi davomiy bölişini, yurtdoşlarimizning özaro totuvligi yanada mustahkam bölişini sörab qolamiz. Parvardigori olam barçamizga çin döstlik va sadoqat kabi oliy fazilatlar nasib etsin!
Odilxon qori Yunusxon öğli
«Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatib











