Ötgan yilning oktabr oyida Dubay politsiyasiga hamda fuqarolar mudofaa xizmatiga ombor yaqinida yonğin bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan. 

Huquq-tartibot organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelişganda bir kişining tanasi töliq kuyib ketganiga guvoh bölişgan. GulfNews şu haqida xabar berdi. 

Ma'lum bölişiça, Komor orollarida yaşovçi 22 yoşli ayol va uning 32 yoşli jazmani qotillik sodir etişgan. Marhum qotillik sodir etgan ayolning turmuş örtoği bölgan. 

Jabrlanuvçi va qotil erkak eng yaqin döst bölişgan. 

Prokuratura vakillarining fikriça, ular marhumni maşinaga olib çiqib, qöl va oyoqlarini boğlaşgan, söng uni toş bilan kaltaklaşgan. Erkakning nafas olmayotganini körgaç, qotil "döst" avtomobilda uning ustidan bir neça marta bosib ötgan. Şundan keyin jasadning ustidan yoqilği quyib, yondirib yuborişgan. 

Qotillar qölga olingan, sud jarayoni davom etmoqda.