Biror bir shaharga tashrif buyursangiz, u nimasi bilan sizni o‘ziga rom qiladi? Albatta, manzarasi va odamlari bilan!
Conde Nast Traveler’ning 100 mingdan ortiq o‘quvchilari o‘rtasida dunyoning eng do‘stona shaharlari borasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Quyida eng do‘stona kayfiyat ulashuvchi shaharlar o‘nligi bilan tanishing.

1. Charlston, Janubiy Karolina - Conde Nast Traveler so‘rovnomasiga ko‘ra, dunyoning eng do‘stona kayfiyat ulashadigan shahri hisoblanadi. Bu yerga keluvchi sayyohlar shahar haqida faqat iliq fikrlar bildirishadi. “Hamma bir-biri bilan suhbatlashadi! Shahar shu darajada ko‘nglingizga xush yoqadiki, uni piyoda aylanib chiqish ham osondek tuyuladi”, deydi mehmonlardan biri.

2. Sidney, Avstraliya – Sidney yoz kunlarida tashqarida ovqatlanish uchun ajoyib maskan. Conde Nast Traveler so‘rovnomasida shaharga tashrif buyurgan sayyohlardan biri shunday deydi: “Avstraliyaliklar juda yoqimli xalq, ular barchaga birdek do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Har safar shahar ko‘chalarida to‘xtab, xaritadan kerakli joyni izlashga tushganimizda, avstraliyaliklar yonimizga kelib, yordam taklif qilishgan”.

3. Dublin, Irlandiya – Irlandiya poytaxti Conde Nast Traveler o‘quvchilari orasida uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Shaharda mehmon bo‘lgan sayyohlardan biri shunday deydi: “Bizga qayerga borish, nimalarni ko‘rish borasida mahalliy xalq har qanday giddan yaxshi maslahatlarni berdi”.

4. Kvinston, Yangi Zelandiya – Bu shahar o‘zining tabiati bilan har qanday kishining diqqatini tortadigan yirik sayyohlik markazi. Kvinstonda ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanib, sarguzashtlarga tayyor turing.





















