Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 2017 yilning eng yaxshi oilaviy sedani ma'lum qilindi

Amerikaning taniqli MotorWeek telejurnali Best Family Sedan nominatsiyasi bo‘yicha Choice Award 2017 sovrindorini e'lon qildi.
MotorWeek yangi yengil mashinalar, yo‘ltanlamaslar va yuk avtomobillarni: innovatsiya, boshlang‘ich narxi, egalik qilish qiymati va ishonchliligi bo‘yicha baholaydi. Shunday qilib, Ford Fusion (Yevropada Mondeo) modeli oila a'zolari bilan birgalikda foydalanish uchun eng yaxshi sedan sifatida topildi.
Ta'kidlanishicha, Ford Fusion Amerikadagi moslashuvchan kruiz-nazorati va piyodalarni aniqlash tizimiga ega bo‘lgan ilk sedan hisoblanadi. Bu esa, passiv va faol xavfsizlik uchun javob beradigan 20ta optsiyadan ikkisidir. MotorWeek ekspertlariga ko‘ra, Fusion, shuningdek, gibrid va Sport namunalariga ham egadir.

AQShda eng yaxshi oilaviy sedan xaridorlariga bir necha motorlardan birini tanlash imkoniyati taqdim etiladi. Motorweek telejurnali esa, bu borada ham o‘z tanlovini ma'lum qildi. Unga binoan, 2,7 litrli V6 EcoBoost dvigateli va barcha g‘ildiraklarni yetakchiga aylantiruvchi uzatmalar qutisi eng yaxshilaridir.
Eslatib o‘tamiz, yangi Ford Fusion sedani AQShda bir yildan ko‘proq vaqt avval taqdim qilingan edi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026