Jahon | 09:29 / 13.02.2017
8370
1 daqiqa o‘qiladi

Anadolu: Al-Bobda IShID tomonidan ishlatiluvchi tunnellar yo‘q qilindi

Turkiya harbiy-havo kuchlari "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida Suriyaning Al-Bob shahrida IShID jangarilari tomonidan ishlatiluvchi ko‘plab tunnellarni yo‘q qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi Anqaradagi harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi

Ta'kidlanishicha, Frot daryosi suvidan ekin yerlarini sug‘orish uchun 15 yil avval qurilgan tunnellar yo‘q qilingan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, buning oqibatida Al-Bobda katta talofatlarga uchrayotgan jangarilarning harakatlanish maydoni toraygan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid