Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har yili dunyoda 230 ming bolaga saraton tashxisi qo‘yiladi
Har yili dunyoda 200 mingdan ziyod bola saratonga yo‘liqadi, biroq bu ma'lumotlar yetarlicha baholanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiya idorasining yuqumsiz kasalliklar bo‘limi koordinatori Svetlana Yurasova RIA "Novosti"ga shu haqida ma'lumot berdi.
"O‘tgan yili saratondan aziyat chekuvchi bolalarga oid ma'lumotlar yetarlicha baholanmagani ta'kidlangan edi. Bugunga kelib, har yili dunyo miqyosida 230 ming bolaga saraton tashxisi qo‘yilishi ma'lum qilindi. Bu ro‘yxatga hatto 19 yoshga to‘lgan o‘smirlar ham kiritiladi. Umumiy hisobda aytish mumkinki, har yili 15 yoshdan kichik 215 mingga yaqin bola va 15-19 yoshli 85 ming bola saratonga yo‘liqadi. Shuni ta'kidlash joizki, har yili 100 mingga yaqin bola saratondan halok bo‘ladi", - dedi Yurasova. Shuningdek u sog‘liqni saqlash sohasiga katta daromad ajratuvchi mamlakatlarda kasallangan 10 boladan 8 nafari omon qolishini qo‘shimcha qildi.
U muammo hisoblash tartibida ekanini qayd etdi: ko‘pincha rivojlanayotgan mamlakatlarda hisob-kitob olib borilmaydi, shuning uchun onkologik kasallikka yo‘liqqan bolalarning aniq sonini keltirish qiyin.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026