Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston ichimlik suvi ta'minoti uchun yana mablag‘ so‘ramoqda
Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston mintaqalaridagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga pul ajratadi. Mamlakat ularni aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashga yo‘naltirishni so‘ramoqda. Bu haqda qirg‘iz davlati rahbari devonining boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Sapar Isoqov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rahbari Almazbek Atambayevning Germaniya va Belgiyaga amaliy tashrifi davomida ikkita moliyaviy kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Huquq ustuvorligi dasturi bo‘yicha qonunchilik jarayonini modernizatsiya qilishga 30 million, qishloq xo‘jaligi dasturi bo‘yicha 72 million yevro ajratish mo‘ljallanmoqda.
Mablag‘lar respublikaning yetti viloyati rivojiga 7 yil davomida yo‘naltiriladi. Birinchi pullar Jalolobod viloyatiga berilishi mo‘ljallangan.
«Prezident mintaqalarni toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga mablag‘ ajratishni so‘ramoqda. Bu mamlakatga katta foyda keltiradi», - deya ta'kidlab o‘tdi Sapar Isoqov.
Mavzuga oid
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
15:56 / 25.03.2026