Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ona va bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
2017 yil 12-fevral kuni soat taxminan 19-40larda Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududida noma'lum haydovchi o‘z boshqaruvidagi transport vositasida yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib ketayotgan piyodalar – Paxtachi tumanida yashagan, 1977 yilda tug‘ilgan ayolni va uning shu manzilda yashagan o‘g‘li – 1998 yilda tug‘ilgan, kollej o‘quvchisini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea oqibatida ayol hodisa joyida, uning o‘g‘li esa kasalxonada hayotdan ko‘z yumishgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Paxtachi tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z boshqaruvidagi “VAZ-2121” rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 13-fevral kuni qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Samarqand viloyati IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026