Jamiyat | 20:46 / 13.02.2017
7314
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyam onasining o‘limidan 20 yil keyin Parijga tashrif buyuradi

Foto: TIM ROOKE/REX/SHUTTERSTOCK

Kembrij gersogi Uilyam va uning turmush o‘rtog‘i Ketrin malika Diananing halokatidan deyarli 20 yil keyin Parijga tashrif buyurishadi. Bu haqida People nashrida xabar berildi

Uilyam va Ketrin joriy yilning mart oyida ikki kunga Fransiya poytaxtiga kelishadi. Buyuk Britaniya hukumati juftlikdan mazkur tashrifni amalga oshirishni so‘radi, biroq safar faqat xizmat doirasida bo‘lmaydi. 

18 mart kuni gersog va gersoginya regbi bo‘yicha Fransiya-Uels matchida bo‘lishadi. Shuningdek yosh fransuz yetakchilari ishtirokidagi qabul va Britaniya elchisi huzurida rasmiy kechki ovqat rejalashtirilgan. 

Malika Diana - shahzoda Uilyamning onasi - 1997 yilning 31 avgustida Parij shahridagi YTHda halok bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid