Jamiyat | 21:43 / 14.02.2017
8847
2 daqiqa o‘qiladi

Antaliyada turkiyalik rus millatidagi rafiqasi va ikki farzandi qotiliga aylandi

Foto: RIA

Turkiyaning Antaliya shahrida turk fuqarosi Rossiya fuqarosi bo‘lgan o‘zining rafiqasi va ikki farzandini o‘ldirdi. Bu haqda Rossiyaning Antaliyadagi bosh konsulligi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Biz OAVning Rossiya fuqarosi va uning ikki farzandi – bir qiz va o‘g‘il bolaning o‘ldirilgani haqidagi xabarini tasdiqlaymiz. Qotil o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyat maishiy sabab yuz bergan", deb aytilgan bosh konsullik xabarida.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Turkiya fuqarosi Muammar Gun o‘zining o‘g‘li Viktor va qizi Layloni shirinlikka pestitsid moddasi qo‘shib, zaharlab, so‘ngra Anna ismli rafiqasini miltiqdan otib o‘ldirgan.

So‘ngra qotil politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lgan voqea haqida xabar bergan va o‘zini ham o‘ldirgan.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid