Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya energetika tarmog‘i akkumulyator batareyalariga ulanadi
Tez orada AQShning Janubiy Kaliforniyadagi elektreyenergiyasiga bo‘lgan ehtiyoji akkumulyator batareyalari yordamida qoplansa ajab emas. Gap shundaki, so‘nggi vaqtlarda litiy-ionli batareyalar tannarxi tobora pasaymoqda. Shunga ko‘ra, bu kabi akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi 3ta yirik kompaniya – Tesla Motors, AES Corporation va Altagas Ltd energiyani saqlash bo‘yicha yirik inshootlarni foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Birgina Janubiy Kaliforniyada barpo etilgan shu kabi inshootlarning umumiy quvvati 2016 yili butun dunyoda qurilgan shu kabi korxonalarning 15 foizini tashkil etadi.
Tesla Motors asoschisi va egasi Ilon Mask (chapda) akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi yangi zavod taqdimotida
Yaqinda ro‘y bergan halokatdan so‘ng, atmosferaga minglab tonna metan gazi qo‘shilgan edi. Shundan so‘ng, Kaliforniyaning Southern California Edison energetika kompaniyasi tabiiy gazda ishlovchi ayrim elektrstansiyalarini akkumulyatorlarga almashtirishga qaror qildi.
Katta miqdordagi energiyani saqlash uchun bir nechta ulkan batareya yoki juda ko‘plab katta bo‘lmagan batareyalar talab etiladi. Bunda gap millionlab batareyalar haqida boradi. Bunday talab akkumulyator ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun muammo tug‘dirmadi. Ular vazifani o‘ta qisqa vaqt, 6 oyda uddalashdi.
Akkumulyator elektrostansiyalarining bir necha ustun jihatlari bor. Ularni qurish va foydalanish ancha oson. Bundan tashqari, atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Tig‘iz vaqtlarda elektrenergiyaga bo‘lgan talab zudlik bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026