Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paragvayda Venesuelaning o‘nlab tonna pullari musodara qilindi
Foto: Getty Images
Paragvay politsiyasi 13 fevral kuni Venesuela Markaziy bankining kamida 25 tonna kupyurasini musodara qildi. Huquq-tartibot idoralari vakilining ma'lum qilishicha, pullar Braziliya bilan chegaradosh Saltos-del-Guayra shahridagi uylardan biriga yashirilgan bo‘lgan.
Turli nominaldagi kupyuralar yirik qoplarga solingan bo‘lib, qurollar bilan savdo qiluvchiga tegishli ekani taxmin qilinayotgan uyda saqlangan, deb xabar qiladi Venesuelaning Panorama portali.
Hozircha, tergovchilar Paragvaydagi xususiy uylardan birida bu miqdorda Venesuela bolivarining qanday paydo bo‘lishiga doir fikrlari yo‘q.
"Bu pullarga Venesuelada yoki dollar xarid qilingan, yoxud qog‘ozlarining sifati sababli soxta dollar ishlab chiqarilishida foydalanilgan", — deydi Paragvay politsiyasi vakili.
Mavzuga oid
14:19 / 27.02.2026
«Do‘st davlatlarmiz»: Rodriges AQShdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi
10:33 / 27.02.2026
Laziz Qudratov Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
21:42 / 11.02.2026