Jahon | 07:32 / 14.02.2017
2997
1 daqiqa o‘qiladi

Senat Stiven Mnuchinni AQSh moliya vaziri lavozimiga tasdiqladi

AQSh Senati aksar ovoz bilan Stiven Mnuchinni AQSh moliya vaziri lavozimiga tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Mnuchin nomzodini 53 senator ma'qullagan, 47 nafari qarshi ovoz bergan. 

Qayd etilishicha, uning nomzodi uchun demokrat-senatorlardan biri Jo Menchin ham ovoz bergan.

Mnuchin yanvar oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yuz foiz qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid