Jahon | 08:16 / 14.02.2017
5148
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Amerika Kanada kabi qo‘shnisi borligi uchun ham omadli

Foto: AP

Donald Trampning bayonot berishicha, AQSh Kanada kabi qo‘shnisi borligi uchun ham omadi chopgan mamlakatdir. U Kanada bosh vaziri Jastin Tyurdo bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot-anjumanida shuday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Kanada nafaqat umumiy chegaraga ega, balki ikki mamlakat mudofaa sohasida umumiy qadriyatlar va manfaatlarni himoya qiladi. Bundan tashqari, Amerika prezidenti Kanadaning IShIDga qarshi kurashga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholagan. 

Trampning qayd etishicha, ushbu ikki mamlakat birga ishlaganda yanada kuchliroq bo‘ladi. U Tyurdoga umumiy maqsadlarga erishish uchun birga ishlashga tayyorligini bildirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid