Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon parashyutlar yordamida jo‘natmalarni yetkazishga patent oldi
Amazon kompaniyasi jo‘natmalarni dron va parashyut yordamida yetkazishga patent oldi. Taxmin qilinishicha, tovar buyurtmachiga dron yordamida yetkaziladi va u yerga tushishiga to‘g‘ri kelmasligi uchun jo‘natma boshqariluvchi parashyutda tashlanadi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.
Kompaniyaning patent arizasiga ko‘ra, jo‘natmani parashyutda tashlash tizimi dronlar mijoz yoniga tushish uchun vaqt va energiya zaxiralarini sarflamasligi uchun o‘ylab topilgan.
Hujjatda aytilishicha, tovarni tashlashda oddiy parashyutlar yaramaydi. Shuning uchun tizim boshqariluvchi bo‘ladi. U buyurtmani ham tik, ham parabola bo‘yicha tushira oladi. Bunda parashyut trayektoriyasi tushishni barqarorlashtirib, turli to‘siqlardan aylanib o‘tib yoki paketni qiyin boriluvchi yerlarga yo‘naltirib, zakrilka tizimini boshqaradigan radiochastotali modul bilan nazorat qilinadi.
2016 yil dekabrida kompaniya uchuvchi omborlar texnologiyasiga patent olishga ariza bergan. Kompaniyada dirijabllarda joylashtirilgan uchuvchi omborlarni uchirish rejalashtirmoqda.
Bunday omborlardan jo‘natmalar oddiy dronlarda va tovarni buyurtmachiga belgilangan trayektoriya bo‘yicha tushiruvchi planerlar yordamida yetkazilishi kerak.

.

Mavzuga oid
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
14:59 / 08.01.2026
Dniproda Rossiya dronlari hujumida yetti kishi jabrlandi
15:20 / 05.01.2026
Rossiya Ukrainadan uchirilgan 140 tadan ortiq dron tutib olinganini ma’lum qildi
09:15 / 05.01.2026