Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azimov: "Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyoti bir-biri bilan raqobat qilmaydi, ular bir-birini to‘ldirib turadi"
15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning asosiy va eng yirik savdo hamkori ekanligini qayd etdi.
"Bizning iqtisodiyotlarimiz bir-biri bilan raqobat qilmaydi, ular bir-birini to‘ldirib turadi", - deya ta'kidladi Rustam Azimov.
"Bugun O‘zbekiston bozorida "General Motors", "Isuzu", "Lukoyl", "Gazprom", "Coca-cola", "Nestle", "Samsung", "LG", "Ariston" kabi minglab yetakchi dunyo kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonning korxonalari Rossiyaga yengil va yuk mashinalar, kimyoviy va neft-kimyoviy mahsulotlar, to‘qimachilik, maishiy texnika, kabel-o‘tkazgich, qurilish materiallarini yetkazib berishi mumkin. O‘z navbatida, biz Rossiyadan o‘rmon materiallari, turli mexanik-elektrik uskunalar, kimyoviy mahsulotlar, qog‘oz mahsulotlari, farmatsevtik preparatlar, maxsus transport vositalari va boshqalarni sotib olishga tayyormiz", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
19:33 / 25.02.2026
O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:02 / 26.12.2025
O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
11:40 / 26.12.2025
Prezident: “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
20:43 / 10.06.2025