Ma’lum qilinişiça, asosiy xorijiy şeriklar hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qöşma Ştatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, Ummon, Hindiston, Pokiston va boşqa davlatlar bilan köp qirrali hamda özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş bundan keyin ham e’tibor markazida böladi.
Şuningdek, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yaqin Şarq, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaş, Janubiy Kavkaz hamda Janubiy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni kengaytiriş strategik yönalişlardan biri sifatida qayd etildi.
Prezident anjumanda iştirok etgan xorijiy davlatlar elçilariga murojaat qilib, Özbekiston bilan aloqalarni kengaytiriş hamda mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini faol qöllab-quvvatlayotgani uçun ularning hukumatlariga alohida taşakkur bildirdi.












