Prezident Oliy Majlisga va köp millatli xalqqa murojaatnomada joriy yil Özbekistonda bir qator yirik xalqaro tadbirlar ötkazilganini eslatib ötdi. Xususan, Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Boş konferensiyasining sessiyasi, «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilingani ta’kidlandi.
Mintaqaviy hamkorlikda ham muhim yangiliklar qayd etildi. Mart oyida Xöjandda Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilari uçraşuvida ilk bor uç mamlakat davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisida tarixiy şartnoma imzolanib, «Abadiy döstlik töğrisidagi deklaratsiya» qabul qilingani aytildi.
Şuningdek, Toşkentda bölib ötgan mintaqaviy davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş uçun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini taşkil qiliş ğoyasi ilgari surilgan. Ozarboyjonni Markaziy Osiyo formatiga töla huquqli a’zo sifatida qabul qiliş töğrisidagi qaror ham alohida e’tirof etildi. Prezidentning fikriça, bu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasida strategik boğliqlik hamda barqarorlikni kuçaytirişga xizmat qiladi.
Taşqi aloqalar geografiyasiga töxtalgan davlat rahbari oktyabr oyida Bryusselda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim imzolanganini qayd etdi. Noyabr oyida bölib ötgan Markaziy Osiyo va AQŞ sammiti köp tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilgani aytildi. Şuningdek, Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakçilari uçraşuvida ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari böyiça muhim kelişuvlarga erişilgani, Sankt-Peterburgda MDH rahbarlari bilan uçraşuv esa hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab bergani ta’kidlandi.
«Bularning barçasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Şarq va Ğarb, Şimol va Janub bilan hamkorlik köpriklarini qurişda davom etamiz», — dedi prezident.
Murojaatnomada iqtisodiy maqsadlar ham tilga olindi. Prezidentning ta’kidlaşiça, «Özbekiston – 2030» strategiyasida YaIM hajmini 2030 yilgaça 160 mlrd dollarga yetkaziş marrasi belgilangan bölib, mavjud salohiyat, islohotlar, tadbirkorlar faolligi va xorijiy şeriklar bilan hamkorlik kengayayotgani hisobidan uşbu marraga 2026 yilning özida erişiş imkoniyati bor.
Şu bilan birga, global raqobat şaroitida malakali kadrlar va zamonaviy texnologiyalar hal qiluvçi ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sohalarni rivojlantiriş, daromadli servislarni köpaytiriş, bioinjyeneriya, ilğor agrotexnika va suv tejaydigan usullarni faol qöllaş, «yaşil» energetika va çiqindisiz işlab çiqarişga ötiş, ta’lim hamda tibbiyotda ilğor tajribalarni joriy etiş orqali kelgusi beş yilda iqtisodiyot hajmini 240 mlrd dollardan oşiriş uçun imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.












