Sport | 20:03 / 15.02.2017
11034
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda soch turmaklari tufayli 46 nafar futbolchi jazolandi

BAA futbol federatsiyasi tartib intizom qo‘mitasi axloq qoidalariga zid bo‘lgan soch turmaklaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Yaqin sharq mamlakatlari futbolini yorituvchi Ahdaaf nashri tvitterida yozib qoldirilgan.

Manbaga ko‘ra, BAA futbol federatsiyasi, mamlakat chempionatida ishtirok etayotgan 46 nafar futbolchiga soch turmaklarini mamlakatdagi axloq qoidalariga moslab to‘g‘rilab olishini buyurgan.

Jumladan, «Al-Ahliy» hujumchisi Asamoa Gyanning, «Al-Ayn» yarimhimoyachisi Umar Abdurrahmon, shuningdek yana bir legioner Leonardoning soch turmaklari liga uchun nojoiz deb e'tirof etilgan.

Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida soch turmaklarini tartibga keltirish buyurildi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid