Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple‘ning navbatdagi taqdimoti sanasi ma'lum qilindi
Apple korporatsiyasi har yili o‘tkaziladigan WWDC 2017 tadbiri o‘tkaziladigan sanani ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, tadbir San-Xose shahridagi McEnery Convention Center’da 2017 yil 9 iyunda o‘tkaziladi. Oxirgi marta WWDC bu shaharda 2002 yilda o‘tkazilgandi. Tadbir o‘tkaziladigan zal o‘z ichiga 6 mingdan ko‘proq odamni sig‘dira oladi. Taqdimot ishtirokchilarining ro‘yxatga olinishi 27 martdan boshlanadi.
Taxmin qilinishicha, taqdimotda kompaniyaning yangi operatsion tizimlari: macOS, iOS, watchOS va tvOS‘ning yangi versiyalari taqdim qilinadi. Tahlilchilarning fikricha, tadbirda yangi iPad planshetlari ham namoyish qilinadi.
Apple avvalgi taqdimotida iPad Pro qurilmasining oxirgi avlodini namoyish qilgandi. Ushbu planshet kompaniyaning 256 gigabayt doimiy xotira olgan birinchi mobil qurilmasi bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026