Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX sud departamenti xodimini 5 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushladi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda pul evaziga sud organiga ishga joylashtirishni va'da bergan tovlamachini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik kuch tizimidagi vakilga asosan xabar berdi.
Toshkent shahri Olmazor tumani sud ijrochilari bo‘limining jamoatchi yordamchisi Murodjon Miranvarov fuqarolardan birini shu bo‘limga sud ijrochiligiga ishga joylashtirishda yordam berishini aytib undan 5 ming dollar so‘ragan.
"Murodjon Miranvarov so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tovlamachi dastlabki tergovda aybiga iqror bo‘lmadi. Biroq rad qilib bo‘lmaydigan dalillar ko‘rsatilganidan so‘ng u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi", - degan MXX vakili.
Xabarda aytilishicha, unga nisbatan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida Miranvarovning sheriklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026